
Lyakazett "Atletiko"ga o‘tishi mumkin
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
AS nashri xabariga ko‘ra, "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta frantsiyalik forvard uchun o‘z tarkibidan joy topib bera olmaydi.
Manbaga ko‘ra, Lyakazettning "matraschilar" tarkibiga o‘tishi Diego Kostaning klubdagi kelajagiga bog‘liq. Agar ispaniyalik futbolchi Madrid klubini tark etadigan bo‘lsa, unda Lyakazett Simeonening birinchi tanlovi bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, 28 yoshli futbolchi 2017 yilda ham "Atletiko" murabbiylar shtabi e’tiboriga tushgan edi, biroq transfer cheklovlari sabab klub frantsiyalik forvard uchun "Lion"ga taklif yubora olmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Lyakazettning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadi.
Fikrlar