"Lyubaya litsenziya xorosha" yoxud Tokio Paralimpiadasiga yana bir yo‘llanma olindi
Vengriyaning Tseged shahri mezbonlik qilayotgan baydarka va kanoe bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kuni ham delegatsiyamiz uchun omadli boshlandi. Biroz avval parakanoechimiz Azizbek Abdulhabibov KL2 yo‘nalishida kechgan bahsda Tokio-2020 Paralimpiadasiga litsenziya qo‘lga kiritdi.
Final bellashuvida yurtdoshimiz marra chizig‘ini to‘rtinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Reglamentga ko‘ra, finish chizig‘ini kesib o‘tgan dastlabki 6 qayiq egalari Tokio Paralimpiadasining yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
Parakanoe bo‘yicha JCh. Vengriya
KL2-200 metr, erkaklar.
1. Kurtis Makgret (Avstraliya) – 42.35
2. Federiko Mankarella (Italiya) – 42.80
3. Skot Mertlyuu (Yangi Zelandiya) – 43.51
4. Azizbek Abdulhabibov (O‘zbekiston) – 43.77
Shu tariqa terma jamoamizning Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 4 taga etdi. Bundan avval parakanoeda Hayitmurod Sherqo‘ziev va Shahnoza Mirzaeva, shuningdek, o‘q otishda Server Ibragimov ham yo‘llanma egasiga aylangan edi.
Manba: olympic.uz

Fikrlar