Lyubinko Drulovich Xitoyga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

  • 12 yanvar, 2020, 20:35
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

U-23 Osiyo chempionati "S" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Xitoy - O‘zbekiston bahsi yakunlandi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchishdi.

Tecno

Uchrshuvdan so‘ng O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Uchrashuvning 1-qismini yaxshi o‘tkazdik. Dastlabki taymda o‘yinimiz ancha qovushdi, vaziyatlar yaratdik. Ammo ularning hammasidan ham foydalana olmadik. Birinchi bo‘limning oxirida hisobni ochib, niyatimizga erishdik.

Oybek Bozorov menda yaxshi tassurot qoldirdi. O‘z navbatida Xitoy ham yaxshi harakat qildi.

Eron bilan bahsdan keyin g‘alaba qozonishimiz shart edi. 1 ochko olgandik xolos. Shu boisdan ham yigitlarni yaxshi tayyorladik. Ular ko‘rsatmalarimizni a’lo darajada bajarishdi. Endi e’tiborimiz keyingi turga qaratiladi.

Bu 2-o‘yinimiz. Keyingi turlarda o‘yindan ham gol urishga intilamiz. Faqat penaltilardan emas. O‘ylaymizki, Janubiy Koreya bilan bahsda ham g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz.

Nurillo To‘xtasinov jamoaning asosiy tarkib futborlchisi hisoblanardi. Ammo bugun u zaxiradan maydonga tushdi. Sababi uning o‘rnida harakat qilgan Oybek Bozorov himoya va yarim himoyani bog‘lab turadigan futbolchi edi. Shuning boisdan Oybek maydonda ko‘p harakat qildi. Biroq u biroz charchab qolgani uchun To‘xtasinov bilan almashtirdik. Bu o‘zgarish samara berdi, - dedi Lyubinko Drulovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umid Boribaev
12/01/2020 22:04
BOBURNIYAM ERTAROQ ALMASHTIRISH KERAKMIDI BIZDA ELDORGA UHSHAGAN HUJUMCHI YETISHMADI SAL UZIGA UZI IMKONIYATLAR YARATGON TOP BILAN KOCHADIGON
&
Фк сурхон
12/01/2020 20:51
Вазиятлардан фойдаланмаслик бизди минусимиз ӯйинда ӯсиш бор
Musaxonov Sayidmuhammadxon
12/01/2020 20:42
Eng o'ylantiradigan savol bu bolalar kelajakda yo'q bo'lib ketmasmikina?
&
Сурхон К
13/01/2020 08:18
Бобурга шокателло олиб бериш кк. Шунда яхши уйнайди. Кахрамон булади.
АС МИЛАН
13/01/2020 07:53
Тўғриси Бобур Абдуҳолиқовдан кўпчилигимиз ёқтирмаган (шу қатори мен ҳам ) Забиҳулло Ўринбоев икки бош устун экан. Ўша ўзи ўйнаб юрган даврларда албатта.Кечаги ўйинда Мираҳмедов ҳам яхши таассурот қолдирди кам ўйнаган бўлса ҳам имкон бериш керак шунақа йигитларга
Бахтиер Бобоев
12/01/2020 21:16
Шароф уйнасин. Кодиркулов б.н алмашсин чарчаб колди
&
Дилмурод
12/01/2020 21:05
Аброрни туширинг Друлович нарманли уйинчи ку бази бровлардан кура.
&
UZB
13/01/2020 11:04
ZAXIRANI VAXTIDA QILING JANOB BOLLA CHARCHAB QOLOBDI