Madrid fanatlari Al’varesni haqoratladi
«Atletiko» hujumchisi Xulian Al’vares yangi mavsumda ilk bor maydonga tushdi. 26 yoshli argentinalik futbolchi La Liganing ikkinchi turida «Vilyarreal»ga qarshi uy uchrashuvining ikkinchi bo‘limida zahiradan maydonga chiqdi. Bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
Al’vares uchun bu o‘yin «Atletiko» tarkibida 2026 yil 5 mayidan buyongi birinchi o‘yin bo‘ldi. O‘shanda madridliklar Chempionlar ligasi yarim finali javob bahsida «Arsenal»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgan edi. Shu uchrashuvdan so‘ng forvard jarohatini davolash bilan shug‘ullandi.
Biroq argentinalik futbolchining maydonga qaytishi muxlislar tomonidan iliq kutib olinmadi. AS nashri yozishicha, «Atletiko» ishqibozlari deyarli butun o‘yin davomida Al’varesni hushtakbozlik va norozilik bilan kutib oldi.
Norozilik kayfiyati o‘yin boshlanishidan oldinoq sezildi: futbolchining ismi e’lon qilinganda, jamoa qizish uchun maydonga chiqqanida, u yana skameykaga qaytganda ham hushtaklar eshitildi. Al’vares maydonga tushishga tayyorlanayotganda, o‘yinga qo‘shilgan pallada va uchrashuv yakunida ham shu holat takrorlandi.
Manbaga ko‘ra, ayrim muxlislar qizish paytida futbolchini klubni tark etishga da’vat etuvchi haqoratomuz shiorlarni ham baqirgan.
Avvalroq Al’vares «Atletiko»dan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. «Vilyarreal»ga qarshi o‘yindan so‘ng ham argentinalik jamoadoshlari bilan birga tribunalar tomon bormadi, balki darhol tunnel orqali kiyinish xonasi tomon yo‘l oldi.

Fikrlar