Madrid klubi yulduzi uchun 5 ta top-klub o‘zaro bellashishadi

  • 07.02.2026 15:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" forvardi Xulian Al’vares yozgi transferlar oynasida klub propiskasini oʻzgartirishi ehtimoli katta.

Jurnalist Mateo Morettoning yozishicha, kelayotgan yozda argentinalik hujumchi uchun shiddatli jang boʻladi. Hujumchi uchun "Barselona", PSJ va Angliya Premyer-ligasining ikki top-klubi “Arsenal hamda “Chelsi” kurash olib boradi. Sanab oʻtilgan barcha klublar yanvar oyidayoq Al’varesga soʻrov yuborgandi.

Joriy mavsumda 26 yoshli Al’vares barcha musobaqalarda 31 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 5 ta golga hammualliflik qilgan.

Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, forvardning narxi 100 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!