Madriddan ketmoqchi bo‘layotgan futbolchiga olti jamoadan taklif keldi

  • 23.03.2023 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinalik hujumchi Anxel Korrea “Atletiko”dagi holatidan norozi va mavsum yakunlanishi bilan jamoasini o‘zgartirishni mo‘ljallayapti.

Todofichajes nashrining yozishicha, 28 yoshli futbolchi oldida Italiya va Angliyadan bir necha taklif turibdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, A Seriya grandlaridan “Atalanta”, “Yuventus”, “Inter” va “Milan” Korreaga o‘z safidan joy berishga tayyor.

Angliya tomonlardan “Tottenxem” va “Nyukasl” tajribali o‘yinchini o‘ziga chorlamoqda.

Korreaning madridliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. Uning transfer bahosi 40 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!