Madridliklar A Seriya hujumchisini chorlamoqda

  • 28 aprel, 2021, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus”ning argentinalik hujumchisi Paolu Dibala Ispaniya chempionati vakili “Atletiko”dan taklif bo‘layotganini ma’lum qildi.

Tecno

- “Atletiko”dan bir necha marotaba qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Ular agentim bilan gaplashyapti. Aslida boshqa klublardan ham ko‘p telefon qilishadi va vaziyatga aniqlik kiritishni istashadi. Muzokaralar uch kun ham, yarim yil ham davom etishi mumkin, - dedi Paulo Dibala.

Argentinalik hujumchi “Yuventus" bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti. U yiliga 15 million evro maosh talab qilmoqda. Turinliklar bu summani to‘lamoqchi emas. Shu bois, “Yuventus” yozda Dibalani sotib yubormoqchi.

Joriy mavsum A Seriyada 15 ta uchrashuv o‘tkazib, uchta gol urgan hujumchiga Evropaning grand jamoalari xaridor bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Izzatillo 0517
24/04/2021 18:56
Ruslan nuriddinov jahon rekordini urnatdi.akbar jurayev osiyo rekordini.sports.uz haliyam uxlayapti.tfuu pishirib ichilar kimningdir nima degani haqida yozib yurilar