Madridliklar “so‘ngan” uch yulduzni haydaydi

  • 9 aprel, 09:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone mashhurligiga qaramay, jamoaga etarli darajada manfaat keltira olmayotgan yulduzlardan voz kechishga qaror qildi.

Argentinalik murabbiy tarkibni tozalash jarayonida Antuan Grizmann, Xavi Galan va Sesar Aspilikuetadan voz kechadigan bo‘ldi.

Antuan Grizmann uzoq yillar davomida jamoa etakchisi bo‘lib kelgan. Biroq bu mavsum uning darajasi tushib ketgani bilinib qoldi. Ayniqsa, muhim uchrashuvlarda jamoa lideri hech narsa qila olmadi. Simeone jamoasi o‘yiniga ta’sir o‘tkaza olmay qolgan frantsiyalik to‘purar MLSga ketishi kutilyapti.

Xavi Galan ilgari ham asosiy figura bo‘lmagan. Simeone chap qanot himoyachisiga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat berdi. Biroq bu pozitsiya “Atletiko”ning eng noziuk nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Galan zo‘r o‘ynamagani etmaganidek, o‘ta qo‘pol futbolchi hisoblanadi. La ligada 17 marta maydonga tushgan futbolchi sakkiz marta sariq kartochko olib bo‘ldi.

Sesar Aspilikuetaning yulduzli davrlari ortda qolganiga ancha bo‘ldi. Bosh murabbiy tajribali himoyachining o‘ng qanotdagi harakatlarini qoniqmadi va o‘rniga boshqa o‘yinchi olinishini ochiq aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!