Mag‘lubiyatdan keyin Gvardiola uch futbolchining “po‘stagini qoqdi”

  • 1 oktabr, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” ettinchi turga kelib ilk mag‘lubiyatini tan oldi. “Vulverxempton” futbolchilari “shaharliklar”ni 2:1 hisobida engdi.

Tecno

Xosep Gvardiola uch nafar shogirdini keskin tanqid qildi. Bosh murabbiyga Mateus Nunes, Mateo Kovachich va o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan Ruben Diasning o‘yini yoqmadi.

- Biz o‘z vaziyatlarimizdan kerakli darajada foydalana olmadik. Raqib mustahkam himoyalanayotganida Kovachich va Ruben raqibning markaziy himoyachilariga hujum chilishi kerak edi. Lekin ular bunday qilmadi. Buning oqibatida butun jamoa qiynaldi.

Nunes faol o‘ynashi talab etilardi, bo‘sh hududlardan unumliroq foydalanish kerak edi. Uning o‘rniga ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Oskar Bobb  juda yaxshi harakat qildi, tashabbuskorlik qobiliyatini ishga soldi, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!