magomedsharipov ufcdagi g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda
Rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Zabit Magomedsharipov UFCdagi ketma-ket 5chi g‘alabani nishonlamoqda.
Ilgariroq AQShning Las-Vegas shtatida UFC 235 turniri doirasida Zabit Jeremi Stivensga qarshi oktagonga ko‘tarilib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi. (29-28)
Keyingi hafta Magomedsharipov UFC yarim engil vazn top-10 reytingidan o‘rin oladi. Bu haqida Sports.ru nashri xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Zabit UFCdagi faoliyati davomida 17 bellashuvda g‘alaba qozonib, 1 marotaba imkoniyatni boy bergan, Stivens MMA doirasida 44 bahsda ishtirok etib 16 marta mag‘lub bo‘lgan.

Fikrlar