Maguayr ikki o‘t orasida qoldi. Agar bu ishni qilmasa terma jamoaga chaqirilmaydi

  • 05.06.2023 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayrga jamoani tark etishga chaqirdi.

The Athletic xabariga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham "Old Trafford"da qolsa, etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani uchun Angliya terma jamoasidagi o‘rnini yo‘qotishidan qo‘rqadi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, klub futbolchidan qutulish istagida, ammo shunga qaramay, Maguayr "Manchester Yunayted"da qolishni xohlaydi. Uning MYudan ketish haqida o‘ylashga majbur qiladigan yagona omil - Sautgeytning pozitsiyasi.

"Manchester Yunayted" rahbariyati esa jamoa sardorini 45 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!