Mahmud Murodov "UFC257"dagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov "UFC257" turniri doirasida amerikalik Endryu Sanches ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Har bir raund so‘nggida men murabbiyimdan yutgan yoki mag‘lub bo‘lganligimni so‘radim va u barchasida engilganimni aytardi. Men o‘zimni 100 foiz yaxshi his qilmadim. Bu iqlim o‘zgarishidan bo‘lsa kerak. Shunga qaramay, g‘alabaga erishganim yaxshi bo‘ldi.
Menimcha, ular menga bir oylik ta’til berishadi, biroq men zudlik bilan oktagonga qaytishga tayyorman. Kimningdir o‘rniga ham chiqishga ham tayyorman", - dedi Murodov.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Endryu Sanchesni 3-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi. Jang videosharhini ushbu havola orqali tomosha qiling.
Fikrlar