Mahmud Murodov xushxabar bilan xursand qilmoqchi

  • 11 iyun, 2020, 18:58
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Kuni kecha o‘zbekistonlik yana bir jangchi Zarruh Adashev UFC bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Yaxshi bilasizki, ushbu promoushenda Mahmud Murodov yagona o‘zbek jangchisi bo‘lib, o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan edi. 2 ta jang o‘tkazib, har ikkisida ham g‘alabaga erishgan yurtdoshimiz o‘zining navbatdagi jangi haqida ma’lumot berdi.

"Assalom aleykum! Oxirgi xabarlarni eshitib, xursand bo‘lyapman. Butun dunyoda karantin choralari yumshatilmoqda va yaqinda aviaparvozlar uchun chegaralar ochiladi. Bu orada men bo‘sh vaqt topib, mashg‘ulotlardan so‘ng, kichkina malikam bilan ochiq havoda sayr qildim. Yaqinda o‘z muxlislarimni xushxabar bilan xursand qilaman, chunki hozir biz UFC bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Yaqin kunlarda navbatdagi jang sanasi aniq bo‘ladi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat.

O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang," - deb yozdi Murodov o‘zining Instagram sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!