Makron va Mbappe "Real" haqida suhbatlashdi

  • 3 iyun, 2024, 18:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe Frantsiya prezidenti bilan suhbatda "Real"ga o‘tishini tasdiqladi. 

"RMC Sport" xabariga ko‘ra, bugun Emmanuel Makron va Frantsiya sport vaziri Ameli Udea-Kastera terma jamoa futbolchilari va bosh murabbiy Dide Desham bilan uchrashdi. Frantsiya prezidenti Mbappedan "Real"ga o‘tishi mumkinligi haqida so‘radi. 

- Bu qachon e’lon qilinadi? 

"Bugun kechqurun", - deya javob berdi hujumchi. 

Avvalroq, Mbappe "Real" bilan 5 yillik shartnoma imzolagani va "Evro-2024"dan keyin rasman Madrid klubi futbolchisi sifatida e’lon qilinishi ma’lum bo‘lgandi. 



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!