Maks Xollowey: "Konor Makgregorni yetarlicha baholamaslik ahmoqlikdir"
Amerikalik taniqli MMA ustasi Maks Hollowey irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jang haqida gapirdi.
"O‘ylashimcha, bu juda og‘ir jang bo‘ladi. To‘g‘ri, ko‘pchilik meni favorit sanamoqda, biroq Konor hali ham xavfli ekanini tan olishim kerak. Makgregorni yetarlicha baholamaslik ahmoqlikdir", - dedi Hollowey.
Eslatib o‘tamiz, ushbu to‘qnashuv 12 iyul kuni "UFC 329" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar