Maldinilar sulolasining 30 yillik qora an’anasiga chek qo‘yildi

  • 11 mart, 2023, 16:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" darvozasiga 29 yil ichida ilk bor Maldinilar sulolasi vakili gol urdi.

Tecno

"Inter"ga qarshi o‘yinda Paolo Maldinining o‘g‘li Daniel Maldini gol urdi.

21 yoshli yarim himoyachi "Milan"dan ijara asosida "Spetsiya"da o‘ynamoqda. A Seriyaning joriy o‘yinida "rossonerilar"ning afsonaviy sobiq himoyachisining o‘g‘li 55-daqiqada Samir Handanovich darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. "TMW" portali xabariga ko‘ra, Daniel "Inter" darvozasini otasining "neradzurrilar" darvozasiga kiritgan so‘nggi golidan deyarli 30 yil o‘tib (1994 yil noyabr) kiritgan.

Daniel Maldinining "Spetsiya" bilan ijara shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Yozda hujumkor yarim himoyachi "Milan"ga qaytishi kerak. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!