
Maldiv MTJ bosh murabbiyi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga izoh berdi
Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichi doirasidagi Tailand - Maldiv uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda nominal mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "yashil qahramonlar" bosh murabbiyi Franchesko Morero ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Biz o‘z imkoniyatlarimiz darajasida harakat qildik. Ammo Tailand juda kuchli jamoa. Biz o‘yindan o‘yinga o‘sishga erishishga harakat qilamiz. Bu turnir jamoam uchun katta tajriba vazifasini o‘taydi.
Men O‘zbekistonga birinchi marta tashrif buyurdim. Bu erda muxlislarni futbolga bo‘lgan muhabbati va odamlarning mehmondo‘stligi menda iliq taassurot qoldirmoqda. Namanganda meni hamma narsa qoniqtirmoqda, faqat bugungi natijadan boshqa".
Fikrlar