Malkom: "Rossiya fuqaroligini olganimdan xursandman"

  • 24.02.2023 23:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi yarim himoyachisi Malkom Rossiya fuqaroligini oldi. Tegishli farmonni prezident Vladimir Putin imzoladi. 25 yoshli futbolchi Rossiya pasportini olganidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Meni, oilamni yaxshi qabul qilgan va bir necha yil ichida haqiqiy uyga aylangan Rossiyaning fuqaroligini olganimdan juda xursandman. Men o‘z o‘yinim bilan ruslarni xursand qilish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman, - deya braziliyalikning so‘zlarini "Sport-Ekspress" nashri.

25 yoshli futbolchi "Zenit"da 2019 yilning avgustidan beri o‘ynamoqda. "Barselona" sobiq hujumchisi "Zenit" safida 98 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!