
“Man Siti” “no‘noq” hujumchini sotib olmoqchi
“Manchester Siti” “Shalke” hujumchisi Brel Emboloning o‘yinlarini yaqindan kuzatib bormoqda.
20 yoshli hujumchi Bundesliga bahslarida shu paytgacha beshta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsada, raqiblar darvozasini ishg‘ol eta olgani yo‘q.
Shuni ta’kidlash lozimki, Embolo o‘tgan mavsumda ortirib olgan jarohatlaridan butunlay qutulishga muvaffaq bo‘ldi. Shveytsariyalik futbolchi to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli bir nechi oyni maydondan tashqarida o‘tkazib yuborgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Brel Embolo Shveytsariya terma jamoasi safida ushbu mavsumda 4 uchrashuvda zahiradan maydonga tushurilgan.
Fikrlar