"Man. Siti" referilarga qarshi bormoqda
“Manchester Siti” rahbariyati APLning hakamlar qo‘mitasi bilan uchrashishni xohlashyapti. Bu haqida BBC nashri xabar bermoqda.
“Shaxarliklar” bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardan 9 lavhalarni tayorlagan, bu lavhalarda jamoa o‘yinchilarga qarshi qoidalar buzilgan. Bu qoida buzarliklarning 7tasida futbolchilarga sariq kartochka ko‘rsatilgan.
“Siti” bu vaziyatlarda raqib o‘yinchilari jazoga loyiqroq ekanligini ta’kidlab o‘tmoqda. Klub hakamlarning qarorlarini qayta qo‘rib chiqish va qoidalarani kuchaytirishni talab qilmoqda.
“Manchester Siti” APLning boshqa top klublarning bu taklifni qo‘llab-quvatlashga chaqirmoqda.



Fikrlar