Manba: Messi MLS klubiga o‘tishi mumkin

CHERY AUTO

"Los-Anjeles Gelaksi" klubi "Barselona" sardori Lionel Messini xarid qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida jurnalist Jon Roxas o‘zininig tvitter sahifasida post yozib qoldirdi.

Tecno

"Argentinada Messining otasiga "Los-Anjeles"dan ko‘ng‘iroq bo‘lgani, unda esa Leo faoliyatini MLSda davom ettirish bo‘yicha taklifga munosabati o‘rganilgani haqida gap-so‘zlar muhokama qilinmoqda", - deydi Roxas.

Eslatib o‘tamiz, Messining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi  2021-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarket ma’lumotiga ko‘ra, Messining transfer summasi 140 million evroni tashkil qiladi.

Shuningdek, klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnomaning ayrim bandlari bo‘yicha argentinalik futbolchi mavsum so‘nggida kataloniyaliklar tarkibini erkin agent sifatida ham tark etishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!