
Manba: MYu Fernandesh bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi
"Manchester Yunayted" Lissabonning "Sporting" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi portugaliyalikning transferi uchun 80 million evro to‘laydi. Uning 60 millioni dastlabki to‘lov, qolgan 20 million evro turli bonuslar ko‘rinishida bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, Brunu Fernandesh MYu bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. Uning yillik maoshi 6 million evroni tashkil qiladi.
Chorshanba kuni "Sporting" sardori Manchesterga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelishi kutilmoqda.
Fikrlar