Manba: Neymarning PSJ bilan shartnomasi 2 yilga uzaytirildi

  • 2 iyul, 2022, 09:34
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Neymarning PSJ bilan shartnomasi avtomatik ravishda ikki mavsumga, ya’ni 2027 yilning yoziga qadar uzaytirildi. Bu haqda “L'Equipe” nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbada xabar qilinishicha, braziliyalik bilan bitim uzaytirilishi klub rahbariyati tomonidan ijobiy qabul qilingan. Uning avvalgi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qilar edi.

Oldinroq Neymar PSJda o‘zini qulay his qilmayotgani va ketishga tayyorligi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Parijliklarning o‘zlari ham yangi mavsum oldidan forvard klubni tark etishi mumkinligini inkor qilmagan.

Neymar 2017 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. Yakuniga etgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalar doirasidagi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 8 ta assist muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!