Manba: Shomurodov Osiyo kubogini o‘tkazib yuborishi mumkin
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Osiyo kubogini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Italiyaning cagliarinews24.com portalining xabariga ko‘ra, Shomurodov jarohati tufayli "Kalyari" ishtirokidagi yana 8ta o‘yinni o‘tkazib yuborishi ehtimoli yuqori. Jumladan, 5 fevral kuni o‘tkaziladigan “Roma”ga qarshi bahs ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.
Avvalroq, Shomurodov guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi bahsgacha tayyor bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar