
Manba: Xavi Messini ortga qaytarmoqchi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi hujumchi Lionel Messining ispan klubiga qaytishini istamoqda, deb yozadi jurnalist Jerar Romero.
35 yoshli hujumchining parijliklar bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi va "Barselona" argentinalik futbolchining ortga qaytarish yo‘llarni o‘rganmoqda.
"Ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Messiga faoliyati yakunida o‘zining eng yaxshi futbolini namoyish qilishi uchun qulay sharoitlarni yaratib berishga tayyor.
Ammo ispaniyalik mutaxassis jamoa mexanizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan qo‘rqib, argentinalik atrofida o‘yin qurishni rejalashtirmayapti.
Ma’lumot o‘rnida, Messi joriy mavsumda PSJ safida 11 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar