
Manchester, London va Liverpul grandlari Angliya termasiga chaqirilgan futbolchi uchun kurashmoqda
Angliya premer-ligasida qolish uchun kurashayotgan "Midlsbro" yozgi transferlar mavsumida eng kuchli futbolchisidan ayrilishi mumkin.
Angliya terma jamoasiga chaqirtirilgan himoyachi Ben Gibson darrov grand klublardan taklif ola boshladi. Ayni paytda 24 yoshli futbolchini "Chelsi", "Livrepul" va "Manchester Siti" o‘z tarkibiga chorlamoqda.
O‘zining ishonchli o‘yini bilan terma jamoaga loyiq ko‘rilgan Ben Gibson joriy mavsumda "Midlsbro" tarkibida eng ko‘p - 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi.
SPORTS.uz
Fikrlar