Manchester klublari “Bavariya” futbolchisini millionerga aylantirmoqchi

  • 20 fevral, 2021, 22:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” rahbariyati “Bavariya”da bir necha mavsumdan beri yuqori saviyada o‘ynayotgan frantsiyalik futbolchi Kingsli Komanni olishga harakat qilmoqda.

Har ikki klub 24 yoshli yarim himoyachi uchun yiliga sakkiz million evro miqdorida maosh berishga rozi.

Kingsli Komanning o‘zi “Bavariya”da qolish uchun myunxenliklar bilan kelishib olishni rejalashtirgan. Biroq hali bu borada muzokaralar boshlanmadi.

Koman joriy mavsumda Bunesligada 17 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga uchta gol urdi va to‘qqizta assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!