"Manchester Siti" futbolchisi "Real"ga o‘tishni xohlamoqda

  • 31 oktabr, 15:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Madridning "Real" klubiga o‘tishni istamoqda. Bu haqda jurnalist Jorj Pikon ma’lum qildi.

Tecno

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, norvegiyalik goleadorning yaqinlari ham bu axborotni tasdiqlagan. Xolandning shartnomasida uni bekor qilish bandi mavjudligi aytilmoqda, biroq uni bekor qilish uchun belgilangan summa noma’lum. Forvardning "qirollik klubi"ga o‘tishi Vinisiusning sotilishiga yordam berishi mumkin. Ammo braziliyalik futbolchi jamoada qolgan taqdirda ham Erlingning transferi amalga oshishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. 

25 yoshli futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallngan. Ayni vaqtda uning "Transfermarkt" portalida narxi 180 million evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, norvegiyalik forvard joriy mavsum "Siti" tarkibida jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol kiritgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!