“Manchester Siti” 150 million yevroga zo‘r hujumchi oladi

  • 21.02.2026 13:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalik hujumkor futbolchi Maykl Olise “Bavariya” tarkibida Bundesligadagi yorqin oʻyinidan yana Angliya Premier-ligasida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Bu haqida insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Manbaga koʻra, qimmatbaho futbolchini “Chelsi” va “Manchester Siti” oʻz safiga qoʻshib olish uchun katta xarajatga tayyorligini bildirgan. Ikkala klub ham Oliseni yozgi transfer oynasida olib kelish uchun kurash olib bormoqda.

“Bavariya” fransuz futbolchisini faqat 150 million yevro taklif qilingan taqdirdagina sotishga rozi boʻladi. Olise nemis grandi bilan 2029 yil oʻrtalarigacha shartnoma tuzgan.

Olise aslida “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Aristokratlar” uni asosiy tarkibga qabul qilmagan va 2020 yili “Reding” jamoasiga qoʻyib yuborgan. Bir yildan keyin “Kristal Pelas” iqtidorli oʻyinchini 9,3 million yevroga sotib oldi.

2024 yilning yozida esa, “Bavariya” Olise uchun “Kristal Pelas”ga 53 million yevro toʻladi. Bundesliga grandida Mayklning oʻyini ochilib ketdi. Xususan, joriy mavsumda 24 yoshli oʻyinchi barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 24 ta assist muallifi boʻldi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!