
"Manchester Siti" 18 yoshli futbolchini sotib olishga yaqin
"Manchester Siti" yarim himoyachi Sverre Nyupan transferi borasida Norvegiyaning "Rusenborg" klubi bilan kelishuvga yaqin turibdi.
The Athletic nashrining yozishicha, ingliz klubi endi futbolchining shaxsiy shartlari bo‘yicha muzokaralar olib borishi kerak. Agar kelishuv yakunlansa, u Norvegiya chempionati tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin. Kutilishicha, "shaharliklar" Nyupanni imzo chekilgach, bir mavsumga ijaraga yuboradi, shunda u rivojlanishda davom etadi.
Sverre Nyupan "Rusenborg" asosiy jamoasida 70 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan.
Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa yakunlangan APL mavsumida 71 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar