"Manchester Siti" APL chempionligi uchun kurasha olmaydi"
Pol Mersonning fikriga ko‘ra, "Manchester Siti" APL chempionligi uchun kurasha olmaydi.
Pep Gvardiola shogirdlari Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 22 o‘yindan so‘ng 38 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Liverpul" bilan oradagi farq 12 tani tashkil etadi.
- "Manchester Siti" chempionlik poygasiga qaytishi mumkinmi?
- Menimcha, yo‘q. Ular chempionlik uchun emas, kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurashadi.
"Siti" shanba kuni "Chelsi"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. O‘ylaymanki, londonliklar ularni mag‘lub etishadi", - dedi "Arsenal" sobiq futbolchisi Pol Merson.
Shanba kuni "Manchester Siti" APL 23-turi doirasida "Chelsi"ni o‘z maydonida qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da start oladi.
Fikrlar