“Manchester Siti” “Arsenal” futbolchisini sotib olmoqchi

  • 14 avgust, 2022, 15:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi "Arsenal" himoyachisi Kiran Tirnini sotib olmoqchi.

Tecno

“Daily Mail” nashri xabariga ko‘ra, "shaharliklar" nafaqat "Anderlext" himoyachisi Serxio Gomesni o‘z safiga qo‘shib oladi, balki 25 yoshli Kiranni ham sotib olish borasida muzokara boshlamoqchi.

Qayd etilishicha, Xosep Gvardiola jamoasi hozircha shotlandiyalik uchun rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.

2022/23 yilgi mavsumda Tirni Premer liga doirasidagi 2 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

“Transfermarkt” portali futbolchining narxini 32 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!