«Manchester Siti» bilan bog‘liq ishlarni fosh qilgan Football Leaks asoschisi xavf ostida

  • 02.10.2026 20:35
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Football Leaks loyihasining asoschisi Rui Pintu avgust 2020 yildan beri foydalaniib kelayotgan maxsus xavfsizlik dasturi to‘xtatilgandan so‘ng jiddiy oqibatlarga duch kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi. Bu haqida irlandiyalik RTE nashri xabar berdi.

Pintu to‘plagan va Yevropa jurnalistlariga yetkazgan ma’lumotlar qator futbol klublari, o‘yinchilar va agentlarga nisbatan surishtiruvlar uchun asos bo‘lgan. Xususan, «Manchester Siti» klubi bilan bog‘liq moliyaviy qoidalarni buzish holatlari shu ma’lumotlar asosida o‘rganilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pintu ishtirok etayotgan maxsus muhofaza dasturi 10 oktabrda rasmiy yakunlanadi. Shundan so‘ng u hozircha unga biriktirilgan maxsus himoyalangan uy-joyni tark etishi va qisqa muddat ichida yangi turar joy topishiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, uning atrofidagi politsiya muhofazasi saqlanib qolishiga hech qanday kafolat yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil sentyabrda Portugaliya sudi Rui Pintuni tovlamachilikka urinish, ma’lumotlarga noqonuniy kirish va yozishma sirini buzishda aybdor deb topib, to‘rt yillik shartli ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan edi. Joriy yil aprelida Pintuga hujum qilingan, hozirda esa uning manziliga nisbatan yangi tahdidlar kelib tushayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!