"Manchester Siti" bu futbolchini klubda qoldirish uchun uning maoshini ko‘paytirmoqchi

  • 18 avgust, 2024, 15:03
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" Rodrini klubda qoldirish uchun uning maoshini ikki barobarga oshirish niyatida, bu haqida "Mirror" nashri habar berdi.

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" ispaniyalik yarim himoyachiga haftasiga 440 ming evro to‘lashga tayyor. Shu tariqa, Rodri jamoadoshlari Erling Xoland va Kevin De Bryuyne bilan birga jamoa va Angliya chempionatining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin.

28 yoshli xavbek Ispaniya terma jamoasi tarkibida g‘alaba qozongan so‘nggi 2024 yilgi Evropa chempionatida turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 130 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!