
“Manchester Siti” bu ishni uddalagan Angliyaning yagona jamoasi bo‘ldi
Xosep Gvardiola bosh murabbiyligidagi “Manchester Siti” futbolchilari klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida “Fluminense”ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, “Siti” 2023 yil, ya’ni bir yil ichida beshta sovrin yutgan Angliyaning yagona jamoasiga aylandi.
“Shaharliklar” 20 may kuni chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida Angliya Premer-ligasining chempionligini rasmiylashtirgan jdi.
3 iyun kuni Gvardiola jamoasi Angliya kubogi finalida “Manchester Yunayted”ni 2:1 hisobida engib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
10 iyun kuni “shaharliklar” Evropa Chempionlar ligasining hal qiluvchi bahsida “Inter”dan 1:0 hisobida ustun keldi.
16 avgustda manchesterliklar Evropa Superligasida penaltila seriyasida Evropa Ligasi g‘olibi “Sevilya”ni dog‘da qoldirdi.
Fikrlar