"Manchester Siti" darvozaboni jahon rekordini o‘rnatdi

  • 11.05.2018 21:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Manchester Siti" klubi darvozaboni Ederson Moraes to‘pni uzoqqa tepish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Klub rasmiy saytining xabar berishcha 24 yoshli braziliyalik posbon to‘pni 75,35 metr uzoqlikka qadar etkaza oldi.

Ma’lumot uchun, Ederson “shaharliklar” safiga o‘tgan yoz “Benfika”dan 40 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum APLning 16ta bahsida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!