"Manchester Siti" De Bryuyne borasida bir qarorga keldi

  • 21.01.2024 11:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" yarim himoyachi Kevin De Bryuyne bilan shartnomani uzaytirmoqchi. 32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi.

Ingliz OAVlarining yozishicha, Saudiya klublari kelasi yozda belgiyalik yulduzni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va albatta "Manchester Siti" buni istamaydi. "Mirror" nashri xabariga ko‘ra, "shaharliklar" rahbariyati De Bryuynega 2026 yilgacha yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Kevin Manchesterda 2015 yilning avgustidan buyon o‘ynab kelmoqda. "Transfermarkt" portali futbolchini 60 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!