
"Manchester Siti" EChL finali oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi
Ertaga futbol olamining e’tibori “Manchester Siti” hamda “Chelsi” o‘rtasidagi UEFA Chempionlar ligasi uchrashuviga qaratiladi.
Xosep Gvardiola jamoasi bugun final uchrashuviga mezbonlik qiladigan “Dragau” stadionida o‘yin oldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi. TNT Sports muxbiri Marselo Bexlerning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” etakchilaridan biri Ilkay Gyundogan mashg‘ulotlarni oqsoqlangancha tark etgan. Aftidan, germaniyalik futbolchining son mushaklarida jarohat bor.
Chempionlar ligasi final uchrashuvi 29 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. “Manchester Siti” o‘z tarixida ilk bor Evropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasi finalida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” yarim finalda “Real”ni, “Manchester Siti” esa PSJni “uloqtirib” tashlagan edi.
Fikrlar