
"Manchester Siti" egalari MYu futbolchisini sotib olishmoqchi
"Manchester Siti"ning egasi bo‘lgan City Football Group "Manchester Yunayted" futbolchisini transfer qilishi mumkin. Gap yarim himoyachi Kazemiro haqida ketmoqda, u "qizil iblislar" safida pozitsiyasini yo‘qotdi, bunga bosh murabbiy Ruben Amorimning kelishi sabab bo‘ldi.
Biroq, City Football Group 32 yoshli Kazemiro bilan shartnoma tuzishni o‘zining asosiy klubi uchun emas, balki Ispaniyaning "Jirona" jamoasi uchun amalga oshirishi mumkin. Bu ijara asosida bo‘lishi ehtimoli bor, deb yozadi TodoFichajes portali.
Nufuzli Transfermarkt portali Kazemironing narxini 12 million evroga baholamoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil o‘rtalarigacha davom etadi.
Fikrlar