
"Manchester Siti" futbolchisi finaldagi mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘radi
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker UEFA Chempionlar ligasi finalida "Chelsi"dan (0:1) uchralgan mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘radi.
“Kecha biz muxlislarimiz biz bilan faxrlanishlari uchun bor kuchimizni berib o‘ynadik. Afsuski, bu kubokni yutish va uni uyiga olib ketish uchun etarli bo‘lmadi. Biz yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga tashakkur”, - deb yozdi angliyalik futbolchi o‘z tvitter sahifasida.
“Manchester Siti” o‘z tarixida ilk bor UEFA Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. “Chelsi” esa ushbu musobaqada ikkinchi marta g‘alaba qozondi.
Kayl Uoker joriy mavsum “shaharliklar” safida jami 39 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar