"Manchester Siti" futbolchisi: "Husanov men uchun aka"

  • 13 may, 15:56
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" futbolchisi Vitor Reys jamoaga moslashish davri haqida so‘zlab berdi va bu jarayonda unga jamoadoshi Abduqodir Husanov katta yordam berganini ta’kidladi.

Tecno

Reysning aytishicha, ularni birlashtirgan holatlardan biri – ikkalasi ham 2025-yilning yanvar oyida “shaharliklar” safiga kelib qo‘shilgan va yangi jamoada yo‘lini bir vaqtda boshlagan.

— Husanov men bilan birga keldi, biz "Manchester Siti"da yangilardan edik, boshqalarga hali u qadar yaqin emasdik. Shuning uchun biz birga qahva ichishga chiqardik, hamma narsani birga qilardik, — dedi Vitor City Xtra'ga bergan intervyusida.

Himoyachilarni bir-biriga bog‘lab turgan yana bir jihat, ularning ingliz tilini mukammal bilmasligi bo‘lgan.

— Biz imo-ishoralar bilan tushunishga harakat qilardik. Husanov menga katta aka bo‘ldi. Men bu erga kelganimda biz darrov yaxshi do‘st bo‘lib ketdik, — deya qo‘shimcha qildi Reys.

"Manchester Siti"ga kelganidan buyon Husanov 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Vitor Reys esa hozircha 3 ta o‘yinda jamoa sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
14/05/2025 04:33
Ака ука кофе ичиб юраверинглар