"Manchester Siti" futbolchisi kutilmaganda "Arsenal"ga o‘tishi mumkin
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Tidjani Reynders bir mavsumlik faoliyatidan so‘ng "Etihad" stadionini tark etishi mumkin.
Futbolchiga "Arsenal" va "Yuventus" klublari qiziqishi haqida yozmoqda, "TeamTalk". 27 yoshli yarim himoyachi o‘tgan yili yozda 46,5 million funt evaziga "Milan" klubidan xarid qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, "uchar gollandlar" futbolchisi ushbu mavsum turli musobaqalarda 7 gol va 8 golli uzatma mualliflik qildi.
Mirzaev Salohiddin

Fikrlar