"Manchester Siti" futbolchisi o‘zi va oila a’zolarida koronavirus aniqlanmaganini ma’lum qildi

  • 15 mart, 2020, 13:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Manchester Siti” himoyachisi Benjamen Mendi oilasida koronavirusga chalingani taxmin qilinayotganlar borligi uchun o‘z ixtiyoriga ko‘ra karantinga yo‘l olgan edi.

Tecno

Bugun frantsiyalik futbolchi oila a’zolaridan hech biri ushbu virus bilan kasallanmagani haqida xabar berdi.

“Oila a’zolarim o‘rtasida o‘tkazilgan test salbiy natija berdi. Bunday qaltis vaziyatda javobgarlikni o‘z zimmangizga olish va ojizlarni himoya qilish muhim hisoblanadi.

Virusning tarqalishini oldini olish va tezroq normal hayotga qaytish bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ko‘rsatmalariga amal qilishingizni maslahat beraman. O‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qiling”, - deydi Mendi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!