“Manchester Siti” ham osiyolik futbolchi oladigan bo‘ldi

  • 7 avgust, 2023, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shundoq ham qudratli hisoblangan tarkibni kuchaytiradigan futbolchi topishga e’tibor qaratmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” aslida “Brayton”ga tegishli bo‘lgan yaponiyalik yarim himoyachi Kaoru Mitomani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Yaqinda Xosep Gvardiola Mitomani maqtab, uni o‘zi eng yoqtirgan osiyolik futbolchi ekanini e’tirof etgandi.

26 yoshli Mitoma 2021 yili “Brayton”ga kelgan va klub bilan 2025 yilning yozigacha shartnoma imzolagan edi. O‘tgan mavsumda Mitoma Angliya Premer-ligasining 38 ta uchrashuvtda ettita gol va beshta golli pas qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998912358811
07/08/2023 16:16
Матнни укимасдан туриб шаркдан булса керак деб уйлагандим.