"Manchester Siti" himoyachisi yakunlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 12 iyun, 17:01
  • Bilolbek Imomov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yakunlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqladi. 
 
Unga ko‘ra, xorvatiyalik himoyachi hisoblangan Yoshko Gvardiol 2024/2025 yilning eng yaxshi futbolchisiga loyiq ko‘rildi. 23 yoshli fulbek o‘tgan mavsum 53 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 75 million evro deb baholanmoqda. 
 
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Abduqodir Husanov qishki transferlar oynasida "shaharliklar" safiga kelib qo‘shildi va bir nechta muhim bellashuvlarda ishtirok etdi. Shu bilan birga, fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb ham topilgan edi.

Image

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
13/06/2025 04:43
Ситини тренери
&
Dili
12/06/2025 18:39
Ким у Абдукодир