"Manchester Siti" himoyachisi yozda jamoani tark etadi
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz mavsum yakunlangandan so‘ng jamoani tark etadi. Bu haqida mashhur insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 31 yoshli futbolchi klubdan erkin agent sifatida ketadi. Shu bilan birga, u ketishidan oldin jamoaga mavsumni munosib yakunlashda yordam berishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, Stounz 2016 yilda "Everton"dan "shaharliklar" safiga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda u jamoa safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmadi.

Fikrlar