"Manchester Siti" hujumchisi mashg‘ulotlarga qatgan bo‘lsa-da, yangi klub izlamoqda

  • 29 iyul, 18:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" Futbolchisi Jek Grilish jamoa bilan mashg‘ulotlarni qayta boshladi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Tecno

29 yoshli angliyalik futbolchi asosiy tarkib bilan ishlashni boshlaganiga qaramay, faoliyatini davom ettirish uchun yangi jamoa izlashda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Grilish "shaharliklar"ning Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun bergan ro‘yxatiga kiritilmagandi. Bu esa uning jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi.

Futbolchiga da’vogar klublar sifatida "Vest Xem", "Tottenxem" va "Napoli" tilga olinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!