"Manchester Siti" ikki futbolchini olish uchun bir oʻyinchisini "qurbon" qiladi
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Niko Gonsales transfer oynasi yopilgunchа jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida talkSPORT manbasi xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchiga «Nyukasl» jiddiy qiziqish bildirgan. Klub Sandro Tonali va Bruno Gimaraes yo‘qotilganidan so‘ng yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, «Manchester Siti» Gonsalesni sotishga tayyor, chunki ushbu transferdan tushadigan mablag‘ «Chelsi» yarim himoyachisi Enzo Fernandez va «Lill» futbolchisi Ayub Buaddini sotib olishga yo‘naltirilishi mumkin.
Shu bilan bir vaqtda, ta'kidlanishicha, Niko Gonsalesning o‘zi Enzo Mareski boshqaruvidagi jamoada qolishni afzal ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda «Manchester Siti» Gonsalesni «Portu» klubidan 60 million yevro evaziga sotib olgan edi. Ispaniyalik yarim himoyachi shu kungа qadar barcha musobaqalar doirasida 59 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Fikrlar