
“Manchester Siti” inqirozdan chiqish uchun beshta superfutbolchi oladi
“Manchester Siti” rahbariyati kutilmaganda yuzaga kelgan inqirozdan xulosa chiqargan holda tarkibni yangilashga qaror qildi.
Mutasaddilar kelasi mavsum oldidan jamoaga taklif etiladigan o‘yinchilar ro‘yxatiga besh nafar superfutbolchini qo‘shdi.
The Times nashrining yozishicha, “shaharliklar” uzoq muddatga safdan chiqqan va aslida klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turgan “Oltin to‘p” sohibi Rodri o‘rniga “Real Sosedad” etakchisi Martin Subimendi va “Nyukasl” yulduzi Bruno Gimaraesni olishni rejalashtiryapti.
Shuningdek, jamoaning hujumkorlik salohiyatini ko‘tarilish uchun “Bavariya”dan Jamol Musiala va “Bayer”dan Florian Virts taklif etiladi.
Himoya chizig‘ini mustahkamlaydigan o‘yinchi sifatida Angliya Premer-ligasida porlayotgan “Kristal Pelas” vakili Mark Gexi tanlandi.
Fikrlar