"Manchester Siti" Italiyadan himoyachi olib kelmoqchi

  • 28.04.2025 17:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi qanot himoyachisi Andrea Kambyaso faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "The Sun" nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, himoyachining xizmatlariga "Manchester Siti" anchadan beri qiziqmoqda. Klub uni qishda sotib olmoqchi edi, biroq yakuniy qaror italiyalik futbolchini yozda sotib olishga qoldirildi. Futbolchining potentsial transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Andrea Turin klubi safida 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2029 yil iyun oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!